Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Joriy yilning 27–28- oktabr kunlari Davlat statistika qo‘mitasining 2020- yil III chorak yakunlariga bag‘ishlangan, masofaviy videoaloqa tarzda kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, makraziy apparati xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan davlat statistika organlarida 2020- yilning III choragida statistika tizimini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Kun tartibiga binoan, Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Hay’at yig‘ilishini ochib berdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respbulikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi” qabul qilinganligi va ushbu hujjatlarda davlat statistika organlariga yuklatilgan vazifalar hamda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida Davlat statistika organlari oldiga qo‘yilgan vazifalar va tizimda “2020- yil uchun Davlat statistika ishlari dasturi” ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi haqida fikr bildirildi.

Onlayn yig’ilishda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha bajarilgan ishlar haqida axborot berib o‘tildi.

Shu bilan birga, Hay’at yig‘ilishida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosini ta'minlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarini o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash