Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

Namangan viloyati statistika boshqarmasida“Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 71) 230-84-76, (+998 69) 227-84-76

 

HUDUDLAR HAQIDA QIZIQARLI MA'LUMOTLAR

 

Joriy yilning 28-yanvar kuni Davlat statistika qo‘mitasida 20–23-yanvar kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida elektron chiqindilar statistikasi bo‘yicha tashkil etilgan trening natijalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimotda Davlat statistika qo‘mitasi Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilar faoliyatini statistik kuzatuvlari bo‘limi bosh mutaxassisi Nigora Dexkanova xizmat safari davomida olgan o‘z tajribalari  bilan o‘rtoqlashdi.

Nigora Dexkanova Moskvada o‘tkazilgan tadbirda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarining statistika xizmatlari hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tashkilotlari vakillari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Universiteti, BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi, Germaniya Federatsiyasining atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika bo‘limi ekspertlari ishtirok etgani va mavzu yuzasidan fikr bildirgani bo‘yicha batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, ishlab chiqarish potensialini mustahkamlash, statistik ma'lumotlarni shakllantirish, ma'lumotlar almashinuvi hamda elektron chiqindilar statistikasi, uslubiy muammolar va ma'lumot manbaalarini o‘rganish kabi masalalar bo‘yicha xorijiy tajribalar haqida ma’lumot berildi.

Taqdimot davomida mavzu bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlarni xalqaro tajribalar asosida amaliyotga joriy qilish yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash