Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

2020- yilning 9 oyi davomida O‘zbekiston 22 ta xorijiy davlatlarga qiymati 7,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qalampir eksport qilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan eksport geografiyasi 5 ta davlatga ko‘payganini kuzatishimiz mumkin.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 9 oy mobaynida O‘zbekiston  qalampir mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:

Qozog‘iston – 2,3 mln;

Rossiya – 1,3 mln;

AQSh – 1,1 mln;

Germaniya – 1,0 mln;

Ukraina – 211,7 ming;

Belgiya – 152,9 ming;

Turkiya – 126,0 ming;

Boshqalar – 327,1 ming  AQSh dollari.

Ma'lumot o‘rnida, 2020- yilning 9 oyida hududlar orasida Samarqand viloyati eng ko‘p ya'ni, qiymati 1 814,6 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan qalampir eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich jami qalampir eksportining 24,5 % ni tashkil etadi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash