Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Joriy yilning 16- noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi fraksiyalari tomonidan tashkil etilgan qonun loyihalarining muhokamasiga bagʻishlangan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Milliy tiklanish, OʻzLiDep va Ekologik partiyalar fraksiyalarining kengaytirilgan yigʻilishlarida Davlat statistika qoʻmitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovichning Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish asoslari boʻyicha hisoboti eshitildi va birinchi oʻqishda ma’qullandi.

Ma’lumot uchun, qonun loyihasini ishlab chiqishda BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan va 2016-  yilda xalqaro darajada amaliyotga joriy etish uchun tavsiya etilgan Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari uchun “Rasmiy statistika toʻgʻrisidagi model qonuni”ga tayanilgan.

Loyihani ishlab chiqishda Vazirlar Mahkamasi va Davlat statistika qoʻmitasidan tashqari, 10 ta vazirlik va idoralarning tegishli mutaxassislari jalb etilgan. Shuningdek, Jahon bankining xorijiy ekspertlari ham ishtirok etgan.

“Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqishda MDH, Osiyo va Yevropa mamlakatlarining qonunchiligi hamda Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozogʻiston va boshqa davlatlarning rasmiy statistika borasidagi huquqni qoʻllash amaliyoti oʻrganilgan.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash