Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Joriy yilning 24- noyabr kuni Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining ijtimoiy statistika bo’yicha o’rinbosari Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovichning Koreya Respublikasining statistika tashkiloti Komissiоneri janob Shin-Wook Kang boshchiligidagi KOSTAT vakillari bilan onlayn tarzda uchrashuvi tashkil etildi.

kostatichi724112020

kostatichi724112020

Ma’lumot uchun: mazkur uchrashuv Davlat statistika qo`mitasi va Koreya Respublikasi statistika tashkiloti (KOSTAT) o`rtasida 2011- yil 24- avgustda imzolangan “Statistika sohasida hamkorlik to`g`risidagi Anglashuv memorandumi”ga muvofiq tashkil etilmoqda.

kostatichi724112020

kostatichi724112020

Har yili tashkil etilayotgan ushbu uchrashuv joriy yilda pandemiya sababli videokonferensaloqa tarzida tashkil qilinmoqda. Tadbirda aholini ro'yxatga olish amaliyotini o'rganish va tajriba almashish, Koreya milliy statistikasini rivojlantirishning strategik rejasi, shu jumladan, sanoat statistikasi sohasidagi bir qator masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, Sanoat statistikasi boshqarmasi Sanoat bo`yicha yig`ma tahliliy axborotlarni va sanoatni rivojlantirish dasturlarining indikatorlarini shakllantirish bo`limi boshlig’i Avakova Anjela Georgiyevnaning “Sanoat statistikasi (Davstatqo’m tajribasi)” mavzusidagi taqdimoti tinglandi.

kostatichi724112020kostatichi724112020

Shuningdek, KOSTAT vakillari Misuk Yang va Xyokbin Kvon tomonidan “Koreya biznes statistika tizimi (sanoat statistikasi)” hamda “Sanoat ishlab chiqarish indeksi (KOSTAT tajribasi)” mavzularida ham taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.

kostatichi724112020kostatichi724112020

Tadbir so‘ngida tomonlar statistik amaliyotning barcha dolzarb masalalari bo‘yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar. KOSTAT bilan onlayn tarzda tashkil etilgan uchrashuvlar davom etmoqda.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash