Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

2020- yil 30- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ko‘magida Open Data Inventory (ODIN) xalqaro ochiq ma'lumotlar reytingi uchun javobgar Open Data Watch tashkiloti vakillari Jemison Krouell (Jamison Crowell) va Kaleb Rudov (Caleb Rudow) bilan onlayn muloqot tashkil etildi.

od3112

Ushbu tadbir davomida Open Data Watch tashkilotining rasmiy sayti orqali O‘zbekiston Respublikasi Open Data Inventory (ODIN) reytingida jahonda eng yuqorilagan davlat bo‘lganligini keng yoritilishi haqida kelishib olindi.

od31122

Shuningdek, 2021- yilda Open Data Watch bilan Davlat statistika qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlikda seminar, trening va vebinarlar tashkil etilishi haqida dastlabki kelishuvga erishildi.

od31123

Ushbu rejalar mamlakatimizda ochiq ma'lumotlar sohasini yanada rivojlantirishga, dunyoda ochiq ma'lumotlarni baholaydigan ODIN hamda boshqa reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilashga imkoniyat yaratib beradi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash