Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Joriy yilning 12-mart kuni Davlat statistika qo'mitasida O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini 2020–2030-yillarda rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalar doirasida Yevropa Ittifoqining texnik ko'maklashish loyihasi ekspertlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvning asosiy mavzusi tarmoq statistikasning shaffof tizimini yaratish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat. Shu munosabat bilan tomonlar qishloq xo'jaligi sektori bo'yicha statistik ma'lumotlarni to'plash, tahlil qilish va tarqatish, O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirish strategiyasini 2020–2030-yillarda amalga oshirish doirasida boshqa vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish bo'yicha keng ko'lamli masalalarni muhokama qildi.

Agrosanoat va gender statistikasi tizimlarini rivojlantirish, "Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi – 2020–2025"da belgilangan vazifalarni amalga oshirish masalalari alohida muhokama qilindi.

Uchrashuv iliq va do'stona ruhda o'tdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash