Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Joriy yil 16-mart kuni O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mazkur qonun mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilayapti.

Mazkur qonunning asosiy maqsadi:

– aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tamoyillari va tashkiliy uslublarini aniqlash;

– ma'lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, umumlashtirish, uning natijalarini jamoatchilikka taqdim qilish;

aholini ro‘yxatga olish subyektlari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asosini yaratish hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirishni tizimli tashkil etishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonunining qabul qilinishi aholini ro‘yxatga olish sohasidagi munosabatlarni har tomonlama tartib va tizimga solishni ta'minlaydi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash