Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Joriy yilning 10- fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasida 2020- yil IV chorak yakunlari bo’yicha qo’mitaning kengaytirilgan Hay`at yig`ilishi o’tkazildi. Unda Davlat statistika qo’mitasi rahbariyati, qo’mitaning tarmoq va hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.


1Hayat

Kun tartibiga binoan, Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Hay’at yig‘ilishini ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida Davlat statistika idoralari oldiga qo‘yilgan vazifalar va tizimda “2020- yil uchun Davlat statistika ishlari dasturi” ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida so’z yuritdi.

2Hayat

3Hayat

Shuningdek, yig’ilishda kun tartibiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respbulikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”da davlat statistika idoralariga yuklatilgan vazifalar hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar borasida to’xtalib o’tildi.

4Hayat

 

Onlayn tashkil qilingan ushbu yig’ilishda, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosini ta'minlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

6Hayat

7Hayat

Hay’at yig’ilishida davlat statistika idoralarida amalga oshirilgan ishlar hamda statistik ko’rsatkichlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish, infografika roliklarini tayyorlash va mahalliy telekanallarda efirga uzatish, shuningdek, Davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilishga oid masalalar ham muhokama qilindi.

8Hayat

9Hayat

Kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash