Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Joriy yilning 10- mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan Davlat statistika qo’mitasi rahbariyati ishtirokida “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

1-oliy-maj-pic

Mazkur loyiha bilan milliy statistika tizimi xalqaro standartlarga mos ravishda tartibga solinadi, rasmiy statistikani ishlab chiqaruvchilarning ma'lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish faoliyatlarida xalqaro tamoyillarga tayanish bo‘yicha vazifalari belgilanmoqda.

1-oliy-maj-pic

Shuningdek, loyihada rasmiy statistika ma'lumotlarining ma'muriy ma'lumotlardan farqi, rasmiy statistikani ishlab chiqaruvchilar toifalari va ularning professional mustaqilligi belgilanmoqda. Davlat statistika qo‘mitasi esa asosiy ishlab chiqaruvchi va tizimni muvofiqlashtiruvchi organ sifatida belgilab qo‘yilmoqda.

Ayniqsa, statistik ma'lumotlarni yig‘ish va ma'muriy ma'lumotlarni olish tartiblari aniq belgilash orqali foydalanuvchilarning barcha toifalariga xalqaro tamoyillarga asoslangan holda, sifatli rasmiy statistikani yetkazib berilishi uchun qonuniy asos yaratilmoqda.

1-oliy-maj-pic

Loyihada rasmiy statistika, respondent, foydalanuvchi tushunchalari o‘zlari qatnashayotgan moddalarga aniq qilib singdirildi.

Hujjatda statistika organlari va boshqa rasmiy statistikani ishlab chiquvchilarning huquqlari va vazifalari batafsil tarzda aks ettirildi.

1-oliy-maj-pic

Ma’lumot uchun, qonun loyihasini ishlab chiqishda BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan va 2016-  yilda xalqaro darajada amaliyotga joriy etish uchun tavsiya etilgan Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari uchun “Rasmiy statistika toʻgʻrisidagi model qonuni”ga tayanilgan.

1-oliy-maj-pic

“Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqishda MDH, Osiyo va Yevropa mamlakatlarining qonunchiligi hamda Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozogʻiston va boshqa davlatlarning rasmiy statistika borasidagi huquqni qoʻllash amaliyoti oʻrganilgan.

 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash