Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Joriy yilning 21-may kuni Open Data Watch ekspertlari tomonidan Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari uchun “Open Data Uzbekistan workshop agenda” deb nomlangan onlayn tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ko‘magida O‘zbekistonda ochiq ma'lumotlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha potensial hamkorlik doirasida tashkil etildi.

Open Data Watch – ochiq ma'lumotlar va rasmiy statistika chorrahasida ishlaydigan xalqaro notijorat tashkilot hisoblanadi. Tashkilot rasmiy statistikani ishlab chiqarish va boshqarishda o‘zgarishlarni amalga oshirishga yordam beradi. Open Data Watch tashkiloti butun dunyodagi rasmiy statistikani qamrab olish va oshkoralikni baholash uchun ochiq ma'lumotlar reestrini (ODIN) yaratgan. Ma'lumotlarning sifati va ochiqligini monitoring qilish orqali hukumatlar, xalqaro tashkilotlar va fuqarolarga barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) aniqlash va erishish muammolarini hal qilishda yordam berishga qaratilgan.

O‘zbekistonda ochiq ma'lumotlarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun potensial hamkorlik bo‘yicha masofaviy seminarning asosiy maqsadi quyidagi muhim mavzularni muhokama qilish, tushuntirish va sharhlashdan iboratdir:

  • Ochiq ma'lumotlar ta'riflari va standartlari, ochiq ma'lumotlar holati, shuningdek, afzallik va muammolar;
  • Dolzarb mavzu – ochiq ma'lumotlar va COVID-19: inqiroz davrida ochiq ma'lumotlarning roli va ahamiyati;
  • ODIN metodologiyasi tahlili – qamrov va ochiqlik, ko‘rsatkichlar va toifalar o‘lchovi, asosiy baholash;
  • ODIN 2018/19 – natijalar va ballar;
  • ODIN 2018/19 natijalariga asoslangan qisqa muddatli va uzoq muddatli tavsiyalar, shu jumladan, ODIN 2020/21 bahosidan oldin amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan tavsiyalar.

Seminarda davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash, shuningdek, mamlakatning statistika salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar borasidagi tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi va istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash