Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

2020-yilning 28-may kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida navbatdagi videokonferensiya o‘tkazildi.

Mamlakatimizning turli hududlaridan onlayn ulangan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori boshchiligida professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalarga Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan vebinar tashkil qilindi.

Mazkur vebinarda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori Bahodir G‘oyibnazarov, qo‘mita boshqarma boshliqlari Odiljon Mamadaliyev va Muzaffar Jamolov ishtirok etdi.

Videokonferensiyada Davlat statistika qo‘mitasi Invesititsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi boshligʼi Jamolov Muzaffar Mirzoxitovich “O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar va qurilish tarmogʼining rivojlanishi raqamlarda” mavzusi bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

Ma'ruzachining qayd etishicha, 2020-yilning yanvar-mart oylarida investitsion faollikni pasaygani kuzatilib, asosiy kapitalga o’zlashtirilgan investitsiyalar hajmining o’tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur‘ati 89,8 % ni tashkil etdi.

Joriy yil yanvar-mart oylarida 33,4 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning 63,9 % i yoki 21,4 trln. so‘mi jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 36,1 % yoki 12,0 trln. so‘m moliyalashtirildi.

2020-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasida jami 23 292, 3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur‘ati 2019-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 90,1 % ni tashkil etdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari mavzu yuzasidan savollar berishdi. Savollarga Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori B.G‘oyibnazarov, qo‘mita boshqarma boshliqlari O.Mamadaliyev va M.Jamolov javob berishdi.

Bugungi pandemiya sharoitida hamda mamlakatimizning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratayotgan e'tiborini inobatga olgan holda tashkil etilayotgan vebinar muhim ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar uchun bu kabi amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan onlayn uchrashuvlari doimiy o‘tkazib kelinmoqda.

 Mazkur videokonferensaloqaning to‘liq tavsilotlarini qo‘mitaning “Youtube”dagi rasmiy sahifasida kuzatishingiz mumkin.

Axborot xizmati

TADBIRKORLAR UCHUN

 
 
Tugmani bosing Tinglash