Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

2021- yil 2- aprel kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Davlat statistika qo'mitasi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki ("IT Park Uzbekistan") va YeXHTning O'zbekistondagi loyihalar Koordinatori tomonidan tashkil etilgan “O'zbekistonda ochiq ma'lumotlar ekotizimining amaliy ahamiyati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida seminar bo'lib o'tdi.portalichi05042021

portalichi105042021

Shu bilan birga, ushbu seminarga xakaton ishtirokchilari taklif qilinib, uning doirasida "Open Data Challenge" xakatoni g'oliblarini taqdirlashning rasmiy marosimi bo'lib o'tdi. Shuningdek, seminarda davlat organlari vakillarining chiqishlari, ochiq ma'lumotlar bo'yicha boshlang'ich loyihalar uchun amaliy mashg‘ulotlar bo'lib o'tdi. Bundan tashqari, ishtirokchilarga yaqinda bo'lib o'tadigan Open Data Challenge Acceleration dasturi to'g'risida ma'lumot berildi.portalichi205042021

portalichi305042021

Tadbir davomida ochiq ma'lumotlardan amaliy foydalanishni ilgari surish, O'zbekiston Respublikasi Ochiq ma'lumotlar portalining yangi versiyasini ishlab chiqish, ochiq ma'lumotlar bo'yicha startap-loyihalarni jadallashtirish dasturini ishga tushirish, Ochiq ma'lumotlar xalqaro Xartiyasi tamoyillarini amalda tatbiq etish bo'yicha kelgusidagi rejalar ko'rib chiqildi.

portalichi405042021

Tadbirda:

  • Elchi Jon Makgregor, EXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori;
  • Farhod Ibragimov, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direktori ("IT Park Uzbekistan");
  • Akrom Sultanov, Ochiq ma'lumotlar xalqaro xartiyasi Ijroiya qo'mitasi vakili;
  • Doniyor Maksumov, "Elektron hukumat" loyihalarini boshqarish markazi - "O'zbekiston ochiq ma'lumotlar portalining yangi versiyasini ishlab chiqish";
  • Anastasiya Filippova, Raqamli transformatsiya bo'limi boshlig'i - "Ochiq ma'lumotlardan foydalangan holda startap-loyihalarni tezlashtirish dasturini ishga tushirish";
  • Ruslan Yo'ldoshev, "MODME" MChJ texnik direktor va hammuassisi ishtirok etishdi.

Seminar akseleratsiya dasturida ishtirok etuvchilar uchun ochiq ma'lumotlar bo'yicha boshlang'ich loyihalar amaliy mashg‘ulotlari bilan yakunlandi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash