Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 9- apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-son qarori va joriy yilning 2- iyunidagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi PF-6003 son farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida  Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan qator tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, 2019- yilda Davlat statistika qo‘mitasi raisi topshirig‘iga binoan, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan e'lon qilinadigan “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichini tadqiq qilish bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M. Ziyadullayev boshchiligida ekspertlar guruhi tashkil etilgan edi.

2019- yilning 10-12- dekabr kunlari Toshkent shahrida FAO ekspertlari tomonidan tashkil etilgan seminar davomida  Davlat statistika qo‘mitasi ekspertlar guruhi vakillari H.Xudoyqulova FAO ekspertlari bilan mazkur masala bo‘yicha ya’ni O‘zbekistonda “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichini hisoblashdagi kamchiliklar yuzasidan bahs-munozaralar olib borishdi. FAO mutaxassislari Davlat statistika qo‘mitasi vakillarining ushbu kamchiliklar haqidagi isbot-dalillarini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichini 2014- yildan boshlab New Food Balance Sheet asosida qayta hisoblashni amalga oshirdi. Qayta hisoblash natijasida bu ko‘rsatkich 2016-2018- yillar uchun 2,8 % (0,9 mln. kishi) va oxirgi 2017-2019- yillar uchun 2,6 % (0,8 mln. kishi) ni tashkil etdi.

Bu ma'lumotlar rasman 2020- yil 13- iyul kuni bo‘lib o‘tgan “Jahondagi oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish holati 2020” (SOFI - 2020) dokladi taqdimoti onlayn yig‘ilishida va FAO rasmiy sayti orqali e'lon qilindi

Mazkur tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi Ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Sultanov va bosh mutaxassisi H.Xudoyqulova, Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i J.Yuldashev ishtirok etdi.

FAO  xalqaro tashkiloti tomonidan muntazam ravishda e'lon qilib boriladigan “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichi xalqaro miqyosda, mamlakatning aholi turmush darajasi haqida muhim ma'lumot hisoblanadi.  

Bundan avval, FAO  xalqaro tashkiloti 2019- yilgi SOFI - 2019 hisobotida, O‘zbekiston 2016-2018- yillarda to‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi 6,3 % (2,0 mln. kishi) ko‘rsatkichi bilan Markaziy Osiyoda Qozog‘iston (2,1 %) va Turkmaniston (5,4 %) dan keyingi o‘rinda ko‘rsatib o’tilgan edi.

2020- yil 13- iyuldan boshlab O‘zbekistonda “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichi qayta ko‘rib chiqildi va ijobiy tomonga o’zgarishlar FAOning rasmiy saytida e'lon qilindi. Qayta hisoblash natijasida bu ko‘rsatkich 2016-2018- yillar uchun 2,8 % (0,9 mln. kishi) va oxirgi 2017-2019- yillar uchun 2,6 % (0,8 mln. kishi) ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi,  mazkur ma'lumotlarga aniqlik kiritishda yaqindan yordam bergani uchun FAO eksperti Dorian Kalamveros Navarroga, FAO statistika boshqarmasi jamoasi va Karlo Kafieroga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

stat.uz

TADBIRKORLAR UCHUN

 
 
Tugmani bosing Tinglash