Joriy yilning 25 iyul kuni Davlat statistika qo`mitasida Koreya axborot agentligi (K-DATA) delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda, kelgusida ikki tashkilot o'rtasidagi o'zaro hamkorlik bilan bog’liq masalalar muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida Koreya axborot agentligi (K-DATA) delegatsiyasi vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorchilik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.
Uchrashuv iliq va do`stona ruhda bo`lib o`tdi.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida O`zbekiston Respublikasida jami 21 588,8 mlrd.so’m qurilish ishlari bajarilgan bo`lib, o’sish surati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 109,7 %ni tashkil etdi.