Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Joriy yilning 11–12- avgust kunlari Davlat statistika qo‘mitasining 2020- yil II chorak yakunlariga bag‘ishlangan, masofaviy videoaloqa tarzda kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari qatori statistika sohasi ham tubdan isloh qilinib, unga xalqaro standartlar va ilg‘or jahon tajribasi keng tatbiq etilmoqda. Natijada, bunday islohotlar zamirida statistika idoralari mamlakatimizning muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini zamonaviy usullarda aniqlik, shaffoflik va oshkoralik tamoyillari asosida shakllantirishi ko‘zda tutilgan.

Bugungi zamonaviy talablar asosida statistik hisobotlarni qabul qilishda inson omiliga chek qo‘yish, raqamlashtirilgan iqtisodiyotga o‘tish hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imijini ifodalaydigan reytinglarda qatnashish, statistik ma'lumotlarni foydalanuvchilar uchun qulay formatlarda e'lon qilish kabi masalalar tizim oldiga qo‘yilgan dolzarb vazifa hisoblanadi.

 

“Open Knowledge Foundation”ning munozara guruhi tarkibida Open Knowledge Uzbekistan munozara guruhi yaratildi. Bu mamlakat ochiq ma’lumotlaridagi muammolar, voqea-hodisalar, g'oyalar va loyihalarni muhokama qilish uchun katta imkoniyat yaratadi.

2019 yil 25 dekabr kuni soat 11:00da O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat statistika qo`mitasi tomonidan “Statistik ma`lumotlarning haqqoniyligi, ishonchliligi va ularning ochiqligini ta`minlash borasida milliy statistika tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda istiqboldagi vazifalar” mavzusida yil yakunlariga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi.

Shu yil 13–20-dekabr kunlari yurtimizda birinchi marta ochiq ma'lumotlar haftaligi – “Open Data Week Uzbekistan – 2019” bo‘lib o‘tdi. 

Tugmani bosing Tinglash