Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Qonun Davlat statistikasi qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi Farmonini ijro etish maqsadida ishlab chiqilganligi taʼkidlandi.

Soʻzga chiqqanlar Qonunning maqsadi aholini roʻyxatga olish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligini qayd etdilar. Aholini roʻyxatga olish – bu Oʻzbekiston Respublikasining aholisi toʻgʻrisida ishonchli va xolis axborot yigʻishdir. Aholini roʻyxatga olishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: davriylik; umumiylik va bir paytdalik; roʻyxatga olishning yakka tartibdaligi (nomma-nomligi); shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi; aholini roʻyxatga olishni boshqarishning markazlashtirilganligi.
 
Qonunda aholini roʻyxatga olishning quyidagi asosiy vazifalari belgilanmoqda: oilalarga yordam koʻrsatish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida aholi tarkibidagi, demografik vaziyatdagi oʻzgarishlarni baholashga doir maʼlumotlar bazasini kengaytirish; aholining sogʻligʻini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, shaharlarni va boshqa aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, mehnat resurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanishning uzoq, oʻrta va qisqa muddatli prognozlari hamda dasturlarini tayyorlash; aholini roʻyxatga olishlar oraligʻidagi davrda aholi soni va tarkibining joriy hisobini, hisob-kitoblarini hamda prognozlarini amalga oshirish; ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.
 
Aholini roʻyxatga olish sohasini davlat tomonidan tartibga solish Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha respublika komissiyasi, aholini roʻyxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ularning bu sohadagi vakolatlari ochib beriladi.
 
Shu bilan birga, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining aholini roʻyxatga olishdagi ishtiroki nazarda tutilmoqda, shuningdek respondentlar va roʻyxatga oluvchi xodimlarning huquq hamda majburiyatlari ochib berilmoqda.
Senatorlar taʼkidlaganidek, qonun qabul qilinishi xalqaro standartlarga javob beradigan, aholini roʻyxatga olish sohasidagi munosabatlarni tizimli va kompleks tartibga soladigan moslashuvchan va ochiq-oshkora huquqiy doiralarni yaratishni davom ettirishga hamda bir qator dolzarb vazifalarni bajarishga koʻmaklashadi. Jumladan, aholi tarkibida yuz bergan global oʻzgarishlarni baholash, demografik siyosatni, odamlar salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar holatini yaxshilash, shuningdek Barqaror taraqqiyot milliy maqsadlarini shakllantirish va monitoring qilish kabi vazifalarni bajarish taʼminlanadi. qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
 
Tugmani bosing Tinglash