Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Bugun, 7-aprel kuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Abu Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Suhbatda koʻp qirrali Oʻzbekiston-BAA munosabatlarining dolzarb masalalari, shuningdek, amaliy hamkorlikning savdo-iqtisodiy, investitsiya, bank-moliya, yoqilgʻi-energetika, transport-kommunikatsiya va boshqa ustuvor sohalarida yana-da kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Koronavirus infeksiyasining tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va ushbu global xatarga samarali qarshi kurashish borasida mamlakatlarimizda amalga oshirilayotgan misli koʻrilmagan chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari pandemiya oqibatlarini yengib oʻtishda koʻrsatilayotgan koʻmak uchun Birlashgan Arab Amirliklari rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.

Koronavirus tarqalishining ikki tomonlama hamkorlik surʼatiga, shu jumladan bugungi kunda BAAning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokida sanoat, infratuzilma, energetika, qishloq xoʻjaligi va boshqa tarmoqlarda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalarga salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirishni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi.

Turli darajalarda birgalikdagi saʼy-harakatlarni faol muvofiqlashtirish lozimligi qayd etildi.

Tomonlar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

O'zA

Tugmani bosing Tinglash