Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oqoltin tumanida ham boʻldi. Mutasaddi xodimlar favqulodda hodisa yetkazgan zarar, ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar haqida axborot berdi.

Suv toshqini tumanning Shodlik va Ahillik mahallalari hududini ham bosgan edi. Ularda yashayotgan 11 mingdan ziyod aholi Guliston shahri hamda Jizzax viloyatining Mirzachoʻl va Doʻstlik tumanlariga evakuatsiya qilindi. Ushbu noxush voqea oqibatida tumandagi jami 13 ming 397 gektar paxta, gʻalla va poliz ekinlariga zarar yetgan.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga har bir xonadon egalari bilan gaplashib, ularning uy-joylarini taʼmirlash, yaxshi sharoiti mavjud xonadonlarga aholini qaytarish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Navbatdagi manzil – Mirzaobod tumani. Bu yerda nuroniylar, mahalla oqsoqollari va faollari, jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv boʻldi.

Bu hudud ham suv toshqini katta taʼsir koʻrsatgan hududlardan biri. Navbahor, Haqiqat, Bahoriston hamda Yoʻldoshobod mahllalarida yashovchi qariyb 15 ming aholi tumanning Yangiobod mahallasi hamda Yangiyer shahriga joylashtirilgan. Jami 7084 gektar qishloq xoʻjaligi maydoniga zarar yetgan.

Prezidentimiz qurilish-taʼmirlash ishlarini xalq bilan maslahatlashib amalga oshirish, dehqon va fermerlar muammolarini joyiga chiqqan holda hal etish zarurligini taʼkidladi.

Aholi vakillari davlatimiz rahbariga shunday qiyin vaziyatda xalq bilan birga boʻlgani, qisqa vaqtda katta ishlar qilinib, hayot izga tushayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Shu yerda hukumat aʼzolari, mutasaddi rahbarlar bilan qishloq xoʻjaligi maydonlarini qayta foydalanishga kiritish, shikast yetgan yoʻl va koʻpriklarni taʼmirlash masalalari muhokama qilinib, chora-tadbirlar belgilandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi.

O'zA

TADBIRKORLAR UCHUN

 
 
Tugmani bosing Tinglash