Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon 17-avgust kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. 

Avval xabar berilganidek, tashrif asnosidagi muzokaralarda ikki mamlakat rahbarlari O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 9-10 mart kunlari Tojikistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini muhokama qilib, hamkorlikni yanada rivojlantirishning, unga uzoq muddatli va keng ko‘lamli tus berishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oladilar. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida qurilgan zamonaviy ko‘prikni borib ko‘rdi. 

Poytaxtimizda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, tirbandliklarning oldini olish, piyodalar uchun sharoit yaratish maqsadida ko‘plab ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar bunyod etilmoqda. Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida qurilgan zamonaviy ko‘prik shulardan biridir. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-avgust kuni uzum plantatsiyalarini ko‘paytirish, vinochilikni rivojlantirish, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport qilishni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. 

Mamlakatimizda barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida ular faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslari takomillashtirilib, tuzilmasi yangilanmoqda. Rahbarlarga zamon talablariga mos faoliyatni yo‘lga qo‘yish, investitsiyalar jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, eksport hajmini oshirish va jug‘rofiyasini kengaytirish vazifalari yuklanmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 28fevraldagi “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “O‘zsharobsanoat” aksiyadorlik jamiyati ham qayta tashkil etilib, yangi tuzilmasi tasdiqlandi va rahbariyati yangilandi. Uzum plantatsiyalarini ko‘paytirish va vinochilikni rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar belgilandi. 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 iyul kuni umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. 

Unda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning Davlat maslahatchilari, sohaning mas’ul vazirlik va idoralari rahbarlari ishtirok etdi. 

Keyingi yillarda ta’lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 30 sentyabrdagi qaroriga muvofiq, Xalq ta’limi vazirligining boshqaruv tizimi takomillashtirildi, asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari belgilab berildi. Yaqinda vazirlik rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirilib, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, o‘qituvchilarning ijtimoiy mavqeini yuksaltirish orqali ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ko‘plab vazifalar qo‘yildi. 

Yig‘ilishda ushbu ko‘rsatmalar asosida ishlab chiqilgan xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlar taqdimoti o‘tkazildi. 

 

Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini joriy etish mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar va oʻzgarishlarni samarali amalga oshirishning muhim sharti hisoblanadi. 

Tugmani bosing Tinglash