Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech
Maqola

Joriy yilning 6- mart kuni Viloyat statistika boshqarmasida Namangan Muhandislik Qurilish inistituti talabalariga ochiq dars o'tkazildi. Tadbirda boshqarmaning tarmoq bo'limlari boshliqlari va mutaxassislari tomonidan viloyatda statistika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, statistika axborotlarining haqqoniyligi va shaffofligini ta'minlash to‘g‘risida talabalarga tuchunchalar berildi.

 

Shundan so‘ng, Statistika faoliyatini tashkil etish va yig'ma axborot-tahliliy ishlar, Narx statistikasi, Qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi, va Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo'limi boshliqlari va mutaxassislari viloyatning yalpi hududiy mahsuloti, narx indekslarini baholash, qishloq xo'jaligi ko'rsatkichlari va sohaga oid qo‘shimcha ma‘lumotlar bilan talabariga ma‘ruza qilishdi.  

 

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Berilgan savol va takliflarga tarmoq bo’limlari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash