Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech
Maqola

2020- yilning 14- fevral kuni Viloyat statistika boshqarmasida Namangan Muhandislik Qurilish inistituti talabalariga ochiq dars o'tkazildi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i Sanjarbek Melixujayev so‘zga chiqib viloyatda statistika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, statistika axborotlarining haqqoniyligi va shaffofligini ta'minlash to‘g‘risida talabalarga tuchunchalar berdi.

Shundan so‘ng, Statistika faoliyatini tashkil etish va yig'ma axborot-tahliliy ishlar bo'limi boshlig'i o'rinbosari N. Najmiddinov viloyatning yalpi hududiy mahsuloti, narx indekslarini baholash va sohaga oid qo‘shimcha ma‘lumotlar bilan talabariga ma‘ruza qilishdi.  

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Berilgan savol va takliflarga batafsil javoblar berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash