Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech
Maqola

2020- yil 14- fevral kuni Viloyat statistika boshqarmasida yosh kadrlarning o‘rni va salohiyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i Melixujayev Sanjarbek Obidxonovich boshqarmada ishlayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda boshqarma boshlig'i yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yosh kadrlarning o‘rni va salohiyati xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, yosh xodimlarning kasbiy ko‘nikmasini oshirish, hayot va faoliyatda badiiy adabiyot, sport, ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarining ahamiyati bo‘yicha so‘z yuritdi. Statistika sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning faol bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Ilmiy salohiyatni oshirish, yurtimizning madaniy, tarixiy o‘tmishidan xabardor bo‘lish, sport bilan munzatam shug’ullanishga chorlovchi fikr-mulohazalar tinglandi.

Ochiq muloqot yakunida boshqarma boshlig'i bunday uchrashuvlar muntazam ravishda davom etishini ta'kidladi. 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash