Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

2020- yil 17- fevral kuni viloyat statistka boshqarmasi binosida boshqarma xodimlari uchun  “Axborot xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish va samarali yo‘lga qo‘yish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4366-son qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida batafsil so‘z yuritildi.

 Seminarda, Axborot xizmati bosh mutaxassisi N. Ismoilov qarorda belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash, o‘z kasbiy yo‘nalishi doirasida aholi va ommaviy axborot vositalari xodimlarini o‘z vaqtida va to‘liq xabardor qilish, rasmiy sayt va ijtimoy tarmoqlardagi sahifalarga ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan tahliliy ma'lumotlar joylashtirish bo‘yicha tegishli ma'lumotlarni berdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan seminarda mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilinib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash