Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov 19 sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Namanganga kelgan Pokistondagi sport mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Forward Group” kompaniyasi direktori Xvaja Axtarni qabul qildi.

O‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan uchrashuvda “Forward Group” kompaniyasining faoliyati, charm sanoati sohasida dunyo bozorida tutgan o‘rni va xalqaro hamkorlik aloqalari haqida batafsil ma’lumot berildi hamda videotaqdimot namoyish qilindi. “O‘zbekistonning Pokistondagi Favqulodda va muxtor elchisining taklif va tavsiyasi bilan yangi korxona ochish uchun Namanganni tanladik. Biz viloyatingizda mahalliy sarmoyadorlar bilan hamkorlikda sport sumkalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz,” dedi Xvaja Axtar.

 

“Forward Group” kompaniyasi mazkur loyihani eng ilg‘or texnologik uskunalar bilan ta’minlaydi. Ishlab chiqarish dastlab ikki bosqichda yo‘lga qo‘yiladi: birinchi bosqichda ishlab chiqarish ishchi kuchi ellikka ellik foiz nisbatda Namangan va Pokistonda amalga oshiriladi, ya’ni mahsulotning asosi Pokistonda tayyorlanadi va ikkinchi bosqichda yarim tayyor mahsulotga Namangandagi korxonada yakunlovchi ishlov beriladi. Bu jarayon vaqtinchalik bo‘lib, yaqin kelajakda ishlab chiqarish jarayoni to‘liq Namanganda bajariladi.

“Forward Group” kompaniyasi sport to‘plari, sumkalar va jarrohlik amaliyotida ishlatiladigan tibbiy uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bir necha kompaniyalarni o‘z ichiga olgan. Xususan, “Forward Sports” kompaniyasida tayyorlangan futbol, voleybol, gandbol, regbi to‘plari, “Adidas” firmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqargan sport liboslari va sumkalar Olimpiada, jahon chempionatlari va boshqa nufuzli xalqaro sport musobaqalarida keng foydalanib kelinmoqda.

 

Uchrashuvda pokistonlik ishbilarmonlarga viloyatning charm sanoati yo‘nalishida ishlab chiqarish va terini qayta ishlash imkoniyatlari, xorijiy investorlar uchun belgilangan soliq imtiyozlari, erkin iqtisodiy zonalarda mahalliy va xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi

Tugmani bosing Tinglash