Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

2019 yil 21 sentyabr kuni Namangan shahar hokimligida xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlarining qo‘shma sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Ibroxim Xodjiev hamda Shuhrat To‘xtabayev, xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman  Kengashlari deputatlari, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, shahar va tuman sektor rahbarlari, viloyat, shahar va tuman davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tadbirkorlik sub’yektlari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi birinchi masala - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari mavzusida joriy yilning sentyabr oyida viloyatida xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha ishlarni faollashtirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish yakunlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, ishchi guruh a’zosi Ibroxim Xodjievning axboroti tinglandi.

Joriy yilning 2 avgust kuni Prezidentimiz raisligida tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha joylardagi ishlarni faollashtirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan qo‘shimcha vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishlarida berilgan topshiriqlar yuzasidan viloyatda faoliyat olib borayotgan siyosiy partiyalar guruhlari o‘z oldilariga vazifalar yuzasidan axborot berdilar.

Kun tartibidagi navbatdagi masalalar - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019 yil 14 sentyabrdagi “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qo‘shma qaroridan kelib chiqadigan vazifalar ham ko‘rib chiqildi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov so‘zga chiqdi.

Namangan viloyat hokimligi

Tugmani bosing Tinglash