Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech
Maqola

28 sentyabr kuni Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Saudiya Arabistonining «Far East LLC» kompaniyasi rahbari Al-xalaf Halil Muhammadni qabul qildi.

Uchrashuvda Namangan viloyati iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni kiritish istiqbollari, turizm va qishloq xo‘jaligi sohasida hamkor loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 Viloyatda xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda berilayotgan imtiyozlar, tashkil etilgan maxsus iqtisodiy zonalar haqida «Far East LLC» kompaniyasi rahbariga batafsil ma’lumot berildi.

 Uchrashuvda Namanganda kelgusi haftada o‘tkaziladigan Namangan viloyati va Saudiya Arabistoni ishbilarmon doiralari ishtirokidagi Biznes-forum yuzasidan fikr almashildi.

 «Far East LLC» Arab va Yevropa investitsiyalari uchun xalqaro bozorda yirik tijoriy konsalting kompaniyasi hisoblanadi.

Namangan.uz

Tugmani bosing Tinglash