Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech
Maqola

14 oktyabr kuni Hindiston Respublikasining Gujarot shtati Agrosanoat korporatsiyasi boshqaruvchi direktori Karmjit Singx Randxava boshchiligidagi delegatsiya Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.

Viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Tohirjon Rapiqov viloyat hokimligida hindistonlik mehmonlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Namangan viloyatining qishloq xo‘jaligi hamda baliqchilik sohalaridagi salohiyati hamda Gujarot shtati ishbilarmon doiralari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Viloyatdagi qishloq xo‘jalik ekin maydonlarini sug‘orish tizimi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari logistikasi holatiga ham mehmonlar tomonidan katta qiziqish bildirildi.

Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi sohasiga investitsiyalar hamda yangi texnologiyalar olib kirish, viloyatda etishtirilayotgan ho‘l va quruq mevalarni hamda sabzavotlarni Hindistonga eksport qilish, shuningdek sho‘rxok erlarni tozalashda texnik va konsultativ hamkorlik qilish masalalari ham uchrashuv kun tartibidan o‘rin oldi.

Tugmani bosing Tinglash