Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Viloyat kasaba uyushmalari majlislar zalida Namangan viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan yig‘ilishni viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Kamolov ochdi va olib bordi. Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularga kredit, yer ajratish va boshqa sohalarda sharoitlarning yaratilishida mahalliy hokimliklar, soliq va bank tizimi zimmasidagi vazifalar haqida gapirib o‘tdi.

Viloyat hokimining tadbirkorlarga qilgan Murojaatnomasi o‘rganib chiqilib, atroflicha tushuntirib berildi.

Oshkora va samimiy muloqot tarzida kechgan tadbirda shahar va tumanlar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari ham ishtirok etishdi.

Tadbirda tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar, bandlikni ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassislar tomonidan tadbirkorlikka doir qonunchiligimizga kiritilgan o‘zgartish va yangiliklar, imtiyoz va qulayliklar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Tadbirkorlarning muammolari tinglanib, ular tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflar, keltirilgan muammoli masalalar o‘rganilib, ularning echimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar biriktirildi.

Uchrashuvda viloyat Davlat Soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B. Orzibaev, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i G‘. Vohidov, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat bo‘limi boshlig‘i Z.Ikramov, Bosh vazir qabulxonasi viloyat hududiy bo‘linmasi mudiri F.Madrahimovlar so‘zga chiqib, bugungi kunda tadbirkorlar bilan olib borilayotgan amaliy ishlar haqida gapirib o‘tishdi.

Bundan buyon “taraqqiyot va farovonlikka faqatgina tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash orqali erishish mumkin” degan g‘oya, tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning dardini eshitish va muammolarini tezkor hal etish har bir rahbar, har bir idora faoliyatining asosiy qoidasiga aylanishi uchrashuvda alohida ta’kidlandi.

Tugmani bosing Tinglash