Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech
Maqola

Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyati gubernatori Yevgeniy Kuyvashev boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Namanganga keldi.

Namangan xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Kamalov, viloyat hokimi o‘rinbosarlari Faxriddin Matkarimov, Jamoliddin Aloydinov va boshqa rasmiylar kutib oldilar. Milliy libosdagi qizlar Yevgeniy Kuyvashevga non va tuz tortdi.

Ertaga bo‘ladigan rasmiy uchrashuvlar doirasida Namangan viloyati hamda Sverdlovsk viloyati o‘rtasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolanadi.

Namangan va Sverdlovsk viloyatlari ishbilarmon doiralari vakillari B2B uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha kelishuv va shartnomalar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Sverdlovsk viloyati gubernatori, Namangan davlat universitetida tashkil etilgan Ural davlat tibbiyot universiteti qo‘shma tibbiyot fakultetiga talabalikka qabul qilish marosimida ham ishtirok etadi.

Tashrif kunlari Namangan shahrida viloyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Namangan viloyat hokimligi

Tugmani bosing Tinglash