Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Namangan viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Kamalov 12 dekabr kuni Rossiyaning Tomsk tumani rahbari Aleksandr Tereshenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligi, sanoat, qurilish va madaniy sohalarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Dastlab, Ayubxon Kamalov mehmonlarga Namangan viloyati haqida batafsil ma’lumot berdi. “Viloyatda qishloq xo‘jaligi, tekstil sohalari jadallik bilan rivojlanmoqda. Klasterlarning tashkil etilgani, xom-ashyo etishtirishdan tortib, to tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayoniga bo‘lgan siklni bir tizimga solingani taraqqiyotga xizmat qilmoqda. 1600 dan ortiq tekstil sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalarimiz mavjud. Ularning 10-12 tasi brend darajasiga chiqqan. Evropa mamlakatlari, jumladan, Angliya, Italiya, Germaniyaga mahsulot eksporti yo‘lga qo‘yilgan. Mashinasozlik sohasida ham yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Meva-sabzavot etishtirish, bog‘dorchilik bo‘yicha tizimli islohotlarni amalga oshirilishi tufayli yuqori natijalarga erishilmoqda”, deya ta’kidladi hokim o‘rinbosari.

Tomsk tumani rahbari Aleksandr Tereщenko Namangan va Tomsk aloqalari uzoq tarixga borib taqalishini ta’kidladi. “Safarga chiqishimdan avval bir hujjatni o‘rgandim. Namangan va Tomsk viloyatlari rahbarlari 1990 yilda o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolashgan ekan. Bizda ko‘plab o‘zbek tadbirkorlari faoliyat yuritishadi. Ular o‘zlarining halolligi va bir so‘zliligi tufayli rahbarlarning va mahalliy aholining ham ishonchini qozonganlar.

Tomsk tumani viloyat aglomeratsiyasining markazi hisoblanadi. Chunki tumanimiz qurilishlar tufayli tobora yangi ko‘rinish olib bormoqda. Qurilish borasida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bizning tumanimiz hududida yirik agrofirmalar joylashgan. Kartoshka etishtirish bo‘yicha ilg‘orlar qatoridamiz. Aynan bu borada o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishimiz mumkin. Chunki sizlarda kartoshkaga bo‘lgan talab yuqori. 2020 yilda kartoshka urug‘chiligi bo‘yicha yirik markazni ishga tushirmoqdamiz.

Parrandachilikka ixtisoslashgan 2 ta yirik zavodimiz mavjud. Shuningdek, 3 katta fermamiz sutchilikka yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatadi. Ular eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan. Agrar sohadagi hamkorlik ham ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lishi mumkin”, dedi Aleksandr Tereshenko.

Shuningdek, uchrashuv chog‘ida o‘rmon resurslari, yog‘och mahsulotlari etkazib berish bo‘yicha imkoniyatlar muhokama qilindi.

Tomsk delegatsiyasi vakillari uchrashuvdan so‘ng, viloyatdagi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sub’ektlari faoliyati bilan tanishdilar. Ularga istiqboldagi hamkorlik loyihalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Tugmani bosing Tinglash