Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Kamalov 16 dekabr kuni Turkiyaning Manas kompaniyasi direktori Koray Altinel bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mashinasozlik sohasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

“Namangan viloyatida turk sarmoyadorlari bilan hamkorlikda ko‘plab korxonalar ishlab turibdi.

Shuningdek, loyihalashtirish ishlarida ham turk kompaniyalari bilan birgalikda bir qator ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Viloyatimizda keyingi paytlarda energetika, kimyo sanoati, mashinasozlik, qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohalari jadal rivojlanmoqda.

Mavjud iqtisodiy va sanoat zonalarida investorlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan”, dedi hokim o‘rinbosari.

Faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari mashinasozlik, dasturiy ta’minotlar yaratish va loyihalash bo‘lgan Manas kompaniyasi ayni paytda Ukraina, Tailand, Iordaniya, Efiopiya mamlakatlarida qo‘shma korxonalariga ega.

“O‘zbekiston bizning ota makonimiz hisoblanadi. Turkiya esa ona yurtimiz. Maqsadimiz ota yurtimizda mashinasozlikni rivojlantirish. O‘zbekistonning milliy avtomobil brendini yaratishda ko‘mak berish. So‘nggi paytlarda mamlakatingizda amalga oshirilgan ulkan islohotlar bizni oldinga undadi”, dedi Koray Altinel.

Turkiyaliklar bilan amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan istiqboldagi loyiha yuzasida ma’lumotlar almashildi. Kompaniya vakillarining tashrifi davom etmoqda.

Namangan.uz

Tugmani bosing Tinglash