Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

4 yanvar kuni Namangan shahar Davlat xizmatlari markazida Shveysariyaning KAPRI HOLDING & CONSULTING AG korporatsiyasi hamda “GOLDEN EGG OF NAMANGAN” MCHJ hamkorligidagi parrandachilikka ixtisoslashgan “EXPRESS CHICKEN” mas’uliyati cheklangan jamiyati ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Mazkur qo‘shma korxona viloyatda parrandachilik sohasini rivojlantirishga hissasi qo‘shishi ko‘zda tutilgan. MCHJning ustav fondi 425 milliard so‘mni tashkil etadi. Mazkur yirik loyiha  ‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistonidagi favqulodda va muxtor elchisi Ulug‘bek Maqsudov hamda KAPRI HOLDING & CONSULTING AG korporatsiyasining O‘zbekistondagi rasmiy vakili doktor Xalil Al-Xalafning sa’y-harakatlari bilan amalga oshirilmoqda. 

Kelgusida band bo‘lmagan aholi vakillarini ish bilan ta’minlashni nazarda tutayotgan qo‘shma korxona, tayyor mahsulotni ichki bozorda sotish, keyinchalik esa chet davlatga eksportga yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.

Tugmani bosing Tinglash