Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

Namangan viloyati statistika boshqarmasida“Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 71) 230-84-76, (+998 69) 227-84-76

 

HUDUDLAR HAQIDA QIZIQARLI MA'LUMOTLAR

 

6 yanvar kuni “Uztex group” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxonasining Chortoq filiali foydalanishga topshirildi. 

Tumandagi foydalanilmay kelgan, tashlandiq holatdagi sobiq “Zuxal” aksiyadorlik jamiyati bino-inshootlari o‘rnida umumiy loyiha qiymati 50 mlrd. so‘m bo‘lgan yirik tekstil korxonasi bunyod etildi.

“Uztex Chartak” korxonasining ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

“Mazkur korxonada tumanning kollej bitiruvchi qizlari hamda ishsiz ayollarning 800 nafardan ortig‘i ish bilan ta’minlanganligi tumanda istiqomat qilayotgan barcha fuqarolarning quvonchiga sabab bo‘ldi desam aslo mubolag‘a bo‘lmaydi”, dedi viloyat hokimi.

Ushbu qo‘shma korxona Chortoq tumanining ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, eng zamonaviy uslubda qurib bitkazildi.

Korxonaning to‘liq quvvat bilan ishlashi natijasida 6,0 mln. dollarlik mahsulot xorijga eksport qilinadi.

Shuni ta’kidlash o‘rinliki, ushbu filialning ishga tushishi 650 nafar ilk mehnat faoliyatini boshlayotgan chortoqlik yoshlarning doimiy ish o‘rniga ega bo‘lishiga zamin yaratdi.

Namangan.uz

Tugmani bosing Tinglash