Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

Namangan viloyati statistika boshqarmasida“Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 71) 230-84-76, (+998 69) 227-84-76

 

HUDUDLAR HAQIDA QIZIQARLI MA'LUMOTLAR

 

Poytaxtimizning “Zarafshon” kinokonsert zalida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan tashkillashtirilgan “Yil tanlovi - 2019” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda vazirliklar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari vakillari va jurnalistlar ishtirok etdilar.

Tanlovda ilk bor jurnalist va blogerlar yil davomida faol bo‘lgan vazirlik, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari hamda agentliklarni taqdirladilar.

Taqdirlanuvchi tashkilotlarni aniqlashda O‘za agentligi ijtimoiy tarmoqlardan foydalandi va bu natijaning xolis bo‘lishiga xizmat qildi.

So‘rovnomani 1 millionga yaqin internet foydalanuvchilari kuzatishdi. SHundan 300 mingga yaqini ovoz berishda ishtirok etdi. Faqatgina telegramdagi so‘rovnoma bilan cheklanilmadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p ovoz olgan ishtirokchilar keyingi bosqichda jurnalist va blogerlar tomonidan baholandi.

 “Yil tanlovi - 2019” mukofotining “Yilning eng namunali hududi” nominatsiyasida Namangan viloyati faxrli ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

 

Namangan.uz

Tugmani bosing Tinglash