Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov Namangan shahridagi “Yuksalish” kichik sanoat zonasida mazkur hududda korxonalarni barpo etayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.


 

—Prezidentimiz Namangan viloyatiga tashriflari chog‘ida “Yuksalish” kichik sanoat zonasida amalga oshirilgan ishlarni alohida e'tirof etdilar. Tadbirkorlar loyihalarining 85 foizini o‘z mablag‘i hisobiga barpo etgani tahsinga loyiq ekanligini ta'kidlandi. Endi banklarimiz tadbirkorlarimiz oldidagi qarzini qaytaradigan vaqt  keldi. Chunki bu yerdagi ishbilarmonlarimizda o‘zlarinikiga qo‘shimcha yana kamida bittadan shunday korxonalar qurish ishtiyoqi borligini bilamiz, — dedi viloyat rahbari.

 

Shu yerning o‘zida viloyat kichik sanoat zonalari direksiyasining yangi rahbari tanishtirildi. Akmal Dadaboev mazkur direksiya boshlig‘i etib tayinlangani ma'lum qilindi. Shahar sektorlari rahbarlari haftada kamida ikki kun “Yuksalish” kichik sanoat zonasida yuzaga kelayotgan masala va muammolarni hal etish bilan shug‘ullanishi qayd etildi.

namangan.uz

Tugmani bosing Tinglash