Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

Namangan viloyati statistika boshqarmasida“Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 71) 230-84-76, (+998 69) 227-84-76

 

HUDUDLAR HAQIDA QIZIQARLI MA'LUMOTLAR

 

21 yanvar kuni Namangan shahridagi “Grand Sherdor” mehmonxonasi majlislar zalida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi rahbariyatining elektrotexnika sanoati sohasida faoliyat yuritayotgan va kelajakda ushbu yo‘nalishda yangi loyihalarni amalga oshirish istagida bo‘lgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘nggi yillarda respublikada elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, tarmoq korxonalari faoliyatini samarali tashkil etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi xususida ma’lumot berildi va qarorning muhim jihatlari sharhlab berildi. Xususan, elektrotexnika sanoati yo‘nalishida faoliyat boshlagan tadbirkorlar uchun uning ahamiyati tushuntirildi.

2019–2020 yillarda elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangani, 2019–2021 yillarda elektrotexnika sanoatida 71 ta loyiha amalga oshirilib, mazkur loyihalar uchun 558,9 mln dollar sarflanishi ma’lum qilindi.

 “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar 2022 yil 1 yanvarga qadar belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha o‘zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinadigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo, materiallar, butlovchi qismlar va asbob-uskunalar bo‘yicha bojxona bojlari to‘lashdan ozod etiladilar.

SHuningdek, Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamg‘armasining qo‘shimcha moliyalashtirish manbalari belgilab berilgani haqida ham ma’lumot berildi. Mazkur fond mablag‘lari grantlar ajratish, xalqaro standartlarni joriy etish, sertifikatlashtirish tadbirlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, startap-loyihalarini moliyalashtirish, bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan bino-inshootlarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, moliyaviy kafilliklar berish, xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash, respublikada va xorijiy davlatlarda ko‘rgazma va yarmarkalar tashkil etish, seminarlar o‘tkazish, taqdimot materiallari va ko‘rgazma stendlarini tayyorlash kabi maqsadlarga yo‘naltiriladi.

Muloqotda Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Okibjon Inamov, uyushma boshqa raisining birinchi o‘rinbosari Mansur Hoshimovlar ishtirok etishdi.

Tadbirkorlarning savollariga javob berildi. imtiyozlarga ega bo‘lishda korxonalarga qo‘yiladigan talablar, eksportni oshirish yo‘llari, xalqaro standartlarni joriy etishdagi afzalliklar, xorijiy investorlarni jalb etishda “O‘zeltexsanoat” uyushmasining roli kabi masalalarda qizg‘in munozaralar bo‘lib o‘tdi.

Namangan.uz

Tugmani bosing Tinglash