Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Namangan shahri tarkibida yangi tashkil etilgan Davlatobod tumani mamlakatdagi birinchi aqlli tumanga aylanadi. Bu borada hozirda amaliy ishlar boshlandi.

 

 

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida tumanda 2020 yil oxiriga qadar 43 milliard so‘mlik 18 loyiha amalga oshiriladi.

 

Prezident farmoni bilan tasdiqlangan “Yo‘l xarita”siga asosan Davlatobodning ta'lim, yer resurslari, mahalla, ijtimoiy soha, turizm, obodonlashtirish,  kommunal soha, savdo hamda davlat boshqaruvi organlari faoliyati to‘la raqamlashtiriladi. Bu ishlar uchun mahalliy byudjetdan 4,5 mlrd. ijrochilar mablag‘laridan 38,8 mlrd. so‘m yo‘naltirilgan.

 

Tumandagi mavjud mehmonxonalarda “E-Mehmon” axborot tizimini joriy etildi.

Telekommunikasiya infratuzilmasi va mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.

 

 “Afsonalar vodiysi” ko‘ngilochar bog‘i mijozlariga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha axborot tizimini joriy etish ishlari yakuniga yetish arafasida.

 

Yil oxiriga qadar elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning hamda tashqi yoritish chiroqlarini boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi.

 

19 ta umumta'lim maktab, 9 ta maktagacha ta'lim, 10 ta sog‘liqni saqlash muassasalariga optik tolali aloqa liniyalari tortish ishlari to‘la yakunlanadi.

 

24 ta maktabgacha ta'lim muassasalarida “Bolalar bog‘chasi” namunaviy axborot tizimini joriy etiladi.

 

“Orzu” mahallasida Obod va xavfsiz mahalla loyihasi amalga oshiriladi.

 

Axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida mutaxassislarni tayyorlash, mutaxassislarni o‘rgatish va o‘qitish bilan bog‘liq loyiha tadbirlari ko‘zda tutuvchi Raqamli texnologiyalarga o‘qitish hududiy o‘quv markazi tashkil etiladi.

Pirovard natijada har bir soha bo‘yicha axborot tizimi joriy etiladi.

 

Ta'kidlash lozimki,  birgina Davlatobod tumanini raqamlashtirish  ko‘lami qolgan barcha viloyatlar tranformasiya loyihalari xajmidan kattadir

namangan.uz

Tugmani bosing Tinglash