Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Unda  deputatlar, viloyat hokimining o‘rinbosarlari va kotibiyat mudirlari, korxona va tashkilot mutasaddilari, oziq-ovqat sohasiga daxldor yirik fermer xo‘jaliklari rahbarlari, shuningdek, markaziy va mahaliy OAV vakillari—jurnalist va blogerlar qatnashdi.

 

Sessiya ishida viloyat  hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov ishtirok etdi.

 

Dastlab kun tartibidagi asosiy mavzu — Namangan viloyati aholisini koronavirus pandemiyasi davrida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlash, ichki iste'mol bozoriga mahsulot yetkazib berilishini tizimli monitoring qilish, nazoratni  yo‘lga qo‘yish va narx-navoning asossiz o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida viloyat sektorlari rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

 

—Viloyatimizda aholi ixtiyorida 35 ming gektar atrofida tomorqa yerlari mavjud. Bu viloyatda paxta ekini uchun ajratilgan maydonlarning teng yarmi degani. Ichki iste'mol bozoriga mahsulot yetkazib berish masalasi ko‘tarilganda biz birinchi galda mana shu eng katta imkoniyatimizga e'tibor qaratishimiz zarur. Chunki ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay hali qarovsiz yotgan, unumli foydalanilmayotgan ko‘plab tomorqa yerlarimiz bor. Bozorlarimizda go‘sht-sut pavilyonlari deyarli yo‘qolib ketdi, ularni tiklashga alohida e'tibor qaratamiz. Ulgurji, qoplab sotadigan bozorlarimiz yo‘q, vaholanki, ularning mavjudligi narx-navo barqarorligiga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi. Har bir mahallada ekobozorlar tashkil etiladi, bu bilan fuqarolarning markaziy bozorlarga vaqt va mablag‘ sarflab behuda qatnashiga ham hojat qolmadi, — dedi viloyat rahbari.   

 

Viloyat hokimi sessiya davomida jurnalist va blogerlarning oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi ko‘plab savollariga batafsil javob berdi.

 

Shuningdek, sessiyada Prezidentning “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish  bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining viloyatdagi ijrosi, sudlarning fuqarolar huquqlari va erkinliklari, korxona-tashkilotlarning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga doir faoliyati, viloyat Xalq ta'limi boshqarmasining joriy yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari va boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi hamda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

 

Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari viloyat kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

namangan.uz

Tugmani bosing Tinglash