Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Namangan shahridagi “Uch favvora” xiyobonida shahar-tuman hokimlarining xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchilari va shahar-tuman hokimliklari axborot xizmatlari rahbarlariga xizmat avtomobillari topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda viloya hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov ishtirok etdi.

 

Hokimlarning xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchilariga Nexia 3, shahar-tuman hokimliklari axborot xizmatlari rahbarlariga esa Spark avtomobillari taqdim etildi.

 

—Bu ikki tizim oldiga bugungi kunda nihoyatda dolzab masalalar qo‘yilgan. Xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchilar Prezidentimiz tomonidan joriy yil 8-oktyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar, xususan, ayollar daftarini to‘laqonli shakllantirishga alohida e'tibor qaratishlari zarur. Axborot xizmatlari esa bugungi kun nafasini tezkorlik bilan ilg‘ab, hududlarda ro‘y berayotgan voqea-yangiliklarni hozirjavoblik bilan yoritib borishlari, jurnalist va blogerlar bilan hamkorlikni uzviy yo‘lga qo‘yishlari zarur, — dedi viloyat hokimi.

 

Tadbir yakunida xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchilar va axborot xizmatlari rahbarlari galdagi vazifalar xususida o‘zaro fikrlashib oldi.

 

namangan.uz

Tugmani bosing Tinglash