Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Viloyat hokimligida  bo‘lib o‘tgan video selektor yig‘ilishida Namangan viloyati mahalliy budjetining 2021- yilgi asosiy ko‘rsatkichlari muhokama qilindi.



2021- yil uchun “O‘zbekiston Respublikasi  Davlat budjeti to‘g‘risida” gi Qonun  loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan video selektor yig‘ilishida  xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari,  senatorlar,  sohaga doir boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish ishtirok etgan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov mamlakatimizda  qonun loyihalarini deputatlar ishtirokida muhokama qilish va ularning takliflari asosida qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritishga alohida ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi. Mazkur qonun loyihasi Prezident raisligida o‘tkazilgan video selektor yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, parlament va  mahalliy kengashlar deputatlari muhokamasiga qo‘yish, ularning takliflari asosida yanada mukammallashtirish muhim ahamiyatga ega ekani uqtirilgan edi.



Yig‘ilishda  viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i  Zuhriddin  Bahriddinov viloyat mahalliy budjetining 2020-yilda kutilayotgan  ijrosi va 2021-yilgi asosiy ko‘rsatkichlari haqida axborot berdi. Kelgusi yil xarajatlar rejasida ijtimoiy sohalar ustuvor bo‘lib, buning uchun 2 trillion 255,9 milliard so‘m yoki budjetning qariyb 70 foizi yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan. Bu boradagi o‘zgarishlar Chust tumani misolida tahlil etib berildi.


Shundan so‘ng xalq deputatlari viloyat, shahar va tumanlar kengashlari deputatlari axborot yuzasidan  so‘zga chiqib, o‘zlarining takliflarini bildirdilar. Viloyat hokimi bildirilgan taklif-mulohazalar  o‘rganib chiqilib, shu asosda  parlamentga yuborilishini  bildirdi.

 

“Namangan viloyati mahalliy budjetining 2021-yilgi asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida”gi masala o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgach xalq deputatlari  viloyat kengashi sessiyasi tasdig‘iga  qo‘yiladigan bo‘ldi.

 

namangan.uz

Tugmani bosing Tinglash