Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

“Namangan” EIZ ishtirokchisi maqomiga ega bo‘lgan, loyiha umumiy qiymati 11,9 mln.AQSh dollariga teng “Chust textile” xususiy korxonasi tomonidan joriy yil boshidan buyon Italiya, Rossiya, Chexiya, Belarus va Tojikiston davlatlariga 8,1 mln.AQSh dollarlik tayyor trikotaj mahsulotlarini eksport qilishga erishildi.


850 dan ortiq xodimlarni ish bilan ta’minlayotgan ushbu korxona o‘z oldiga yuksak marralarni qo‘ygan. Xususan, “Chust textile” XK viloyatimizdagi tayyor trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi eng yirik korxona hisoblanadi. Ushbu korxona  yuqori sifati va raqobatbardoshligi bilan ajralib turadi.
“Chust textile” XK bugungi kunda faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida 3,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan loyihaning 3-bosqichini amalga oshirmoqda. O‘z navbatida, qo‘shimcha 1000 ta ish o‘rinlari hamda yillik 18,5 mln AQSh dollarlik eksport ko‘rsatkichlariga erishish asosiy reja hisoblanadi.
Bundan tashqari, bugungi kunda loyihaning 4-bosqichini amalga oshirish yuzasidan 4 ta chet el kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

 

namangan.uz

Tugmani bosing Tinglash