Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

Namangan viloyati statistika boshqarmasida“Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 71) 230-84-76, (+998 69) 227-84-76

 

HUDUDLAR HAQIDA QIZIQARLI MA'LUMOTLAR

 

Viloyat hokimligi tashabbusi bilan “Namangan” erkin iqtisodiy zonasining Chust tumanidagi hududida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

 

Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasining “Namangan” erkin iqtisodiy zonasida o‘tkazilgani bejiz emas. Viloyat sanoatining lokomotiviga aylanishi kutilayotgan, CHust va To‘raqo‘rg‘on tumanlari hududlarini qamragan “Namangan” EIZda bugungi kunda umumiy qiymati 518 million AQSH dollaridan ziyod bo‘lgan 14 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Bu loyihalarning yakunlanishi natijasida 5000 dan ziyod ish o‘rni paydo bo‘ladi.

Mehnat yarmarkasida EIZ hududida ish boshlashga ulgurgan korxonalardan tortib, CHust tumanidagi, tumanga yaqin bo‘lgan Pop, To‘raqo‘rg‘on tumanlaridagi hamda Namangan shahridagi korxonalar 1500 ziyod mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.

 

Ish topish istagida tashrif buyurganlarga korxonalarda yaratilgan mehnat sharoitlari haqida batafsil ma’lumot berildi, shuningdek, “Namangan” EIZ hududida faoliyatini boshlagan korxonalar ish jarayoni bilan yaqindan tanishtirildi.

Mehnat yarmarkasida 245 nafar yoshlar ishga yo‘llanma oldilar.

namangan.uz

Tugmani bosing Tinglash