Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

Namangan viloyati statistika boshqarmasida“Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 71) 230-84-76, (+998 69) 227-84-76

 

HUDUDLAR HAQIDA QIZIQARLI MA'LUMOTLAR

 

10 fevral kuni Uchqo‘rg‘on shahridagi Davlat xizmatlari markazi binosida viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning tumanning yosh tadbirkorlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Samimiy muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda Uchqo‘rg‘on tumanida turli sohalarda faoliyat olib borayotgan o‘nlab yosh tadbirkorlar, tuman hokimligi vakillari, viloyat tashkilotlari va banklar rahbarlari ishtirok etdilar.

Makkajo‘xori yetishtirib, uni vakuumli qadoqlashdan tortib, quyon yetishtirish va go‘shti hamda terisini qayta ishlash majmuasiga qadar, granuladan sintepon ishlab chiqarish loyihasidan charm poyafzal hamda tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarini ochishga qadar biri biridan istiqbolli loyihalari bo‘yicha viloyat hokimiga ma’lumot bergan yosh ishbilarmonlar, yer maydoni ajratish, kredit olishda amaliy yordam berish, bo‘sh binolarni foydalanishga berilishida ko‘maklashish bo‘yicha o‘z talab va istaklarini bildirdilar. Uchqo‘rg‘onlik yoshlarning biznes yo‘nalishlari kengligi diqqatni tortdi, tadbirkorlardan biri 340 o‘rinli xususiy maktab ochish loyihasini ham taqdim etdi.

E’tiborli jihatlardan biri, uchrashuvda ishtirok etgan tadbirkorlarning yosh bo‘lishlariga qaramay aniq biznes-rejaga ega ekanliklari quvontirdi.

Uchrashuvda viloyat hokimiga taqdim etilgan murojaatlarning barchasi qo‘llab-quvvatlandi. Bank kreditlari, yer maydonlari hamda bo‘sh binolarni ajratish masalalarining ko‘pi muloqot chog‘idayoq hal etildi.

Namangan.uz

Tugmani bosing Tinglash