Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

2020 yil 21 fevral kuni Namangan viloyati hokimligining katta majlislar zalida Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishini viloyat hokimi, Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi raisi Xayrullo Bozorov olib bordi.

 

Sessiya ishida Oliy Majlis senati a’zolari, xalq deputatlari viloyati kengashining deputatlari, xalq deputatlari shahar va tuman kengashlarining doimiy komissiyalari raislari, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat huquq-tartibot idoralari rahbarlari, viloyatdagi boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, OAV vakillari ishtirok etdilar.

Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining ikkinchi sessiyasi kun tartibiga asosan, dastlab deputatlar Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i, viloyat prokurori, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2019 yil davomida tizimlarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarini tingladilar.

Hisobotlar yuzasidan deputatlarning faol ishtirokida muhokamalar o‘tkazildi. Taqdim etilgan hisobotlar bo‘yicha deputatlarning savollariga batafsil javob berildi, ularning adliya, prokuratura hamda ichki ishlar tizimlarining viloyatdagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflari o‘rganib chiqish uchun qabul qilindi.

 

Kun tartibiga kiritilgan viloyat sudlari raislarining 2019 yilda sudlovlar yuzasidan amalga oshirgan ishlari haqidagi hisoboti, sudyalarning xizmat safari bilan Toshkentda ekanliklari sababli keyingi sessiyaga qoldirildi.

Kun tartibi doirasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Namangan viloyati mahalliy byudjetining 2020 yilda aniqlangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan yo‘naltirilayotgan mablag‘lar to‘g‘risida deputatlarga batafsil ma’lumot berdi.

Deputatlar, shuningdek Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi va doimiy komissiyalarining 2020 yilga belgilangan ish rejalarini hamda Xalq deputatlari viloyat kengashining sessiyalar oralig‘ida qabul qilgan qarorlarini tasdiqlash masalalarini ko‘rib chiqdilar.

 

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishi qarorlar qabul qilindi.

Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining ikkinchi sessiyasi o‘z ishini yakunladi.

namangan.uz

Tugmani bosing Tinglash