Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov 21 fevral kuni To‘raqo‘rg‘onda Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan yengil sanoat korxonalari vakillari bilan uchrashdi.

 

Ayni paytda Namangan viloyatida 1500 dan ziyod to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari faoliyat ko‘rsatadi. Viloyat tekstil sanoat tarmog‘i rivoji bo‘yicha nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyoda eng yetakchi mintaqalardan biri hisoblanadi.

Namanganda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ularning yuqori sifati va dizaynining o‘ziga xosligi uchun xorijda ham talab yuqori, biroq hali jahon bozori yetarlicha egallangani yo‘q. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya singari davlatlar bilan o‘rnatilgan hamkorliklikni endi Yevropa davlatlari yoki AQSH darajasida taraqqiy ettirish lozim.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov muloqot chog‘ida ayni shunday masalalar yuzasidan to‘xtalib, eksportni yo‘lga qo‘yish va uning ko‘lamini kengaytirish yo‘lida g‘ov bo‘layotgan har qanday muammoni hal etishda tadbirkorlarga amaliy yordam berilishini alohida ta’kidladi.

 

Yig‘ilganlar xorijiy xaridorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik o‘rnatish jarayonidagi mavjud muammolarni o‘rtaga tashladilar. Bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish, valyuta o‘tkazmalari, mahsulotlarni xorijiy bozorlarda reklamasi hamda ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun pul-kredit masalalaridagi taklif va mulohazalar eshitildi.

 

Muammolarni bartaraf etish yuzasidan viloyatdagi tegishli tashkilot va idoralar mutasaddilariga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha viloyatdagi barcha mavjud imkoniyatlarni ishga solishga kelishildi.

namangan.uz

Tugmani bosing Tinglash