Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Kamalov boshchiligidagi Namangan viloyati ishbilarmonlari va tadbirkorlari delegatsiyasi hamda Sverdlovsk viloyati ishbilarmon doiralari ishtirokida Namangan-Sverdlovsk biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

 

Ural Savdo-Sanoat palatasida bo‘lib o‘tgan forumda ikki viloyat o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, istiqbolli loyihalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

Forum ishida O‘zbekiston Respublikasining Yekaterinburgdagi bosh konsuli Abdusalom Xatamov, Sverlovsk viloyati qishloq xo‘jalik sanoati kompleksi iste’molchi bozori vaziri Dmitriy Degtyarev, xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Vasiliy Kozlov, O‘zbekiston va Rossiya bojxona xizmatlari mas’ullari, ikki viloyat davlat idoralari vakillari ham ishtirok etdilar.

 

 Namangan-Sverdlovsk biznes forumi doirasida o‘tkazilgan viloyat mahsulotlari ko‘rgazmasi hamda B2B uchrashuvlar davomida viloyatimizning qator korxonalari mahsulotlari rossiyalik hamkorlar e’tiborini tortib, hamkorlik kelishuvlariga imzo chekildi. Bular orasida Namangan viloyatining Art Soft Holding kompaniyasi bilan Sverdlovsk viloyatidagi “Tekstura” savdo uyi o‘rtasida momiq sochiqlar yetkazib berish bo‘yicha imzolangan qiymati 10 million dollardan ziyod shartnomani alohida qayd etish mumkin.

namangan.uz

Tugmani bosing Tinglash