Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Namangan viloyati hokimligida  koronavirus infeksiyasining viloyat hududiga kirib kelishi va tarqalishining olish bo‘yicha tadbirlarni muvofiqlashtirish shtabi tashkil etildi.

 

Ushbu shtab koronavirus profilaktikasi davrida viloyatda davlatimiz hukumati tomonidan belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirilishini nazoratga oladi.

 

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Kamalov boshchiligidagi guruh viloyat bozorlarida narx-navoni sun’iy oshirilmasligi ustidan bevosita nazoratni yo‘lga qo‘yadi. Aholi birlamchi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan un va yog‘ mahsulotlarini qat’iy narxlarda etkazib berilishini ta’minlash uchun viloyat hokimligi tomonidan ishonchli tadbirkorlar tanlab olinib, ularga yopiq birja savdolari orqali mahsulot ta’minoti amalga oshiriladi. Viloyat bozorlarida hamda yirik savdo majmualarida oziq-ovqat narxlarining  doimiy monitoringi olib boriladi.

 

Viloyat hokimining o‘rinbosari Paxridin Matkarimov koronavirus profilaktikasi bo‘yicha amalga oshiriladigan kompleks ishlarga rahbarlik qiladi.

 

 Namangan viloyati hokimligida  tashkil etilgan koronavirus infeksiyasining viloyat hududiga kirib kelishi va tarqalishining olish bo‘yicha tadbirlarni muvofiqlashtirish shtabining telefon raqamlari (69) 227-09-56; (69) 227-26-73

namangan.uz

Tugmani bosing Tinglash