Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lum qiladi: Namangan viloyatida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar Dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qarorlari va tavsiyalari asosida ish olib borilmoqda. Viloyatga chetdan kelayotgan har bir fuqaro qat’iy nazoratga olingan. Chegara hududlarida sanitariya nazorati punktlari ishlab turibdi. SHuningdek, aeroportda ham xizmatlar shakllantirilgan.

Xorijdan qaytgan har bir fuqaro shifokorlar nazoratida. Ularning aksariyati uy karantiniga jalb qilingan. Tajribali tibbiyot xodimlari uylarga borib karantindagilarning ahvolini muntazam o‘rganyapti. Eron, Latviya va Janubiy Koreyadan Namanganga keltirilgan yurtdoshlarimiz esa shifoxona va sihatgohlarga joylashtirilgan. Ular 14 kunlik karantinda turishibdi.

Viloyat markazida karantin bilan bog‘liq tartiblar joriy etilmoqda. Oshxona va choyxona hamda ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladigan maskanlar yopildi. Dezinfeksiyalash ishlari kuchaytirilmoqda. Transport qatnovida cheklovlar qo‘llanilyapti. Odamlarga jamoat joylarida himoya vositasi - niqob taqib yurish tartibi o‘rnatildi. Boshqa zaruriy choralar bosqichma bosqich ko‘rib borilmoqda.

namangan.uz

Tugmani bosing Tinglash