Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Namangan viloyati hokimining 2020 yil 3 apreldagi 124-f-sonli farmoyishi bilan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish choralarining amal qilish davrida viloyat aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz va qulay sharoitda ta’minlash hamda narx-navoning barqarorligini saqlashning vaqtinchalik tartibi joriy etildi.

Farmoyishga asosan hududiy tashkiliy guruhlar tomonidan ikki kun muddatda mahallalar kesimida savdo shahobchalarini tashkil etish zaruriyati o‘rganilib, oziq-ovqat mahsulotlari sotilayotgan bozor yoki savdo nuqtalaridan uzoq hududda joylashgan mahalla yoki boshqa aholi punktlari ajratib olinib, ro‘yxati tuziladi va mazkur ro‘yxat asosida tegishli hududda (olis qishloqlarda, ko‘p qavatli uylar oldida) savdo shaxobchalarini tashkil etish imkoniyati ko‘rib chiqiladi.

Bunda asosiy e’tibor ushbu hududda joylashgan bozorlar filiallari, do‘konlar hamda savdo rastalariga qaratiladi. Agarda bunday imkoniyat mavjud bo‘lsa, muqim savdo shaxobchasi, mavjud bo‘lmagan taqdirda ko‘chma savdo shahobchasi tashkil etiladi.

Ushbu savdo nuqtalarida un, makaron, o‘simlik yog‘i, guruch, mosh, shakar, tuz, choy, kartoshka, piyoz, sabzi, tuxum, karam, ko‘kat, tomat va konserva mahsulotlari doimiy bo‘lishi qat’iy belgilab qo‘yildi.

Sanitariya va gigiena talablariga rioya etilishini ta’minlagan holda qo‘shimcha ravishda tez buziluvchan mahsulotlar (sut, go‘sht, baliq va boshqalar) hamda xo‘jalik mollari savdosi ham tashkil etilishi mumkin.

Hududlarda tashkiliy guruhlarga tuman (shahar) hokimi rahbarlik qiladi, uning tarkibiga sektorlar, Bosh prokuratura huzuridagi Departament, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi hamda veterinariya bo‘limlari, Fermer, dehqon va tomorqa er egalari xo‘jaliklari Kengashi, dehqon bozori ma’muriyati rahbarlari kiritiladi.

Albatta ushbu tadbirlarning barchasi karantin, sanitariya va epidemiologiya qoidalariga qat’iy rioya qilgan xolda ijtimoiy oralik masofa (2 metr) saqlagan holda amalga oshirilishi shartligi belgilanmoqda.

namangan.uz

Tugmani bosing Tinglash